» » Mosulda IShID jangarilari 15 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirdi

Mosulda IShID jangarilari 15 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirdi


IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Mosulning Eski shahar qismiga politsiyachilar ko‘rinishida kirib kelib, kamida 15 nafar tinch aholi vakilini o‘ldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Agence France-Presse agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida halok bo‘lganlar orasida ayollar va bolalar ham bor.

Hozirda Iroq harbiylari va AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Mosulni IShIDdan ozod qilish bo‘yicha operatsiyani davom ettirmoqda.

Shaharning sharqiy qismi ozod qilingan, g‘arbiy qismining esa uchdan ikki qismi terrorchilardan tozalab bo‘lingan. Shaharda qolgan jangarilarning Suriyadagi IShID bo‘linmalari aloqasi to‘liq uzib qo‘yilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (25-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют