» » 2018-yil uchun “Grin kard” lotereyasi natijalari e’lon qilindi

2018-yil uchun “Grin kard” lotereyasi natijalari e’lon qilindi


AQSh hukumatining “Grin kard” yoki “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” lotereyasi natijalari bilan 2-may kuni Toshkent vaqti bilan 21:00 dan e’tiboran onlayn tartibda tanishish mumkin bo‘ldi, deya ma’lum qildi Forum Daily.

Elektron ko‘rinishda topshirilgan arizalar bo‘yicha natijalarni https://www.dvlottery.state.gov/ saytiga kirib, ro‘yxatdan o‘tganlik haqidagi raqam (kod), familiya va tug‘ilgan yili haqidagi ma’lumotlarni kiritish orqali tekshirish mumkin. 2018-yilgi lotereya uchun arizalar qabuli 2016-yilning 4-oktabrda ochilib, 7-noyabrga qadar davom etgandi.

Shuningdek, 2017-yil 30-sentabrga qadar 2017-yil (DV-2017) uchun o‘ynalgan “Grin kard” natijalari bilan tanishish mumkin. Ushbu sanadan so‘ng, lotereyada g‘olib bo‘lgan shaxslar Amerika “Grin kard”ini olish borasida tegishli ariza topshira olmaydilar.

Elchixona xabarida ta’kidlanishicha, garchi ko‘plab kompaniyalar “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar” dasturiga ariza topshirish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif etsa ham, ularning xizmatlaridan foydalanish shaxsning lotereyada g‘olib bo‘lish ehtimolligini hech qaysi yo‘l bilan oshirmaydi.

Ma’lumot uchun, Amerika hukumati “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi” dasturi orqali 50 ming nafar doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil mobaynidagi AQShga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida olti mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi; bunda immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq vizalar miqdori belgilanadi.

Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 09:43)
+3 (голосов: 5)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют