» » Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarga BMT bosh kotibining maxsus elchisi va Turkiya delegatsiyasi rahbari yetib keldi

Ostonadagi Suriya bo‘yicha muzokaralarga BMT bosh kotibining maxsus elchisi va Turkiya delegatsiyasi rahbari yetib keldi


BMT bosh kotibining Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura va Turkiya delegatsiyasi rahbari, tashqi ishlar vazirining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha o‘rinbosari Sedat Onal Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro uchrashuvda qatnashish uchun Ostonaga yetib keldi, deb yozadi “TASS”.

Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anvar Jaynakov ma’lum qildi.

Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha yuqori darajadagi to‘rtinchi xalqaro uchrashuv Qozog‘iston poytaxtida 3—4-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya, Turkiya va Eron (jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimining kafillari) delegatsiyalari, shuningdek, BMT, Iordaniya, AQSh, Suriya hukumati va Suriya qurolli muxolifati vakillari ishtirok etishini tasdiqlagan.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют