» » Erdo‘g‘on: Muzokaralarda siljishga erishilmasa, Turkiya Yevroittifoq bilan xayrlashadi

Erdo‘g‘on: Muzokaralarda siljishga erishilmasa, Turkiya Yevroittifoq bilan xayrlashadi


Yevroittifoq Anqara bilan tuzilmaga a’zo bo‘lib kirishning yangi shartlarini muhokama qilishni boshlamasa, Turkiya Yevropa Ittifoqi bilan xayrlashishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

“Boshqa yo‘l ham qolmadi — muzokaralarning hali qo‘l urilmagan yangi yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish lozim. Agar bu amalga oshirilmasa, tuzilma bilan xayrlashishga to‘g‘ri keladi”, — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.

Oldinroq Turkiya prezidenti mamlakatning Yevroittifoqqa kirish rejalari mazkur jarayon yana cho‘ziladigan, ayrim davlatlarning bunga ro‘yxushlik bermasligi esa davom etadigan bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini bildirgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют