» » Senator Tramp hukumatni “yopish”ga da’vat qilgani uchun uning iPhone’ini olib qo‘yishni taklif etdi

Senator Tramp hukumatni “yopish”ga da’vat qilgani uchun uning iPhone’ini olib qo‘yishni taklif etdi


AQSh Senatining xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mitasi raisi respublikachi Bob Korker Donald Trampning iPhone’ini olib qo‘yish kerak, AQSh prezidentining Twitter’dagi barcha xabarlari esa bundan buyon Oq uy xodimlari tomonidan tekshirilishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Washington Examiner xabar berdi.

Senator AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng shunday bayonotni berdi. Uchrashuvda Korker va boshqa respublikachi senatorlar prezidentning Amerika hukumatini “yopish” kerakligi haqidagi tviti ustidan shikoyat qildi.

“Bizga Senatda 60 ta ovoz kerak, ammo ular to‘planmaydi”, — deb yozgan edi Tramp Twitter’ga. “Mamlakatimizda bu tartibsizlikni tuzatish uchun sentabrda hukumatni yaxshilab ‘yopib tashlash’ kerak”, — deya qo‘shib qo‘ygan edi u.

Опубликовано: admin (3-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют