» » Toshkentdagi Multi MaF? restoranining noqonuniy reklamasi to‘xtatildi

Toshkentdagi Multi MaF? restoranining noqonuniy reklamasi to‘xtatildi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilari guruhida Multi MaF? restoran kompleksi tomonidan “Cho‘qintirgan ota” filmidagi parchalardan foydalanib joylashtirilgan reklama olib tashlandi, deb xabar berdi Respublika Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ushbu reklamada “Hatto Vito Karleone ham Multi MaF?’ni tavsiya qiladi” deyilgan va “Cho‘qintirgan ota” filmidagi bosh qahramon — Marlon Brando surati ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “Reklama borasida”gi Qonuniga binoan, reklamada boshqa mahsulot reklamasida foydalanilgan umumiy qaror, matn, tasvir, musiqiy effektlar, agarda mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bo‘lsa, taqlid qilish (nusxa ko‘chirish va o‘xshatib ishlash) taqiqlanadi. Shuningdek, jismoniy shaxs ruxsatisiz uning ismi yoki suratidan foydalanish ham taqiqlanadi.

Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Multi MaF? restoran kompleksining reklamasi sabab ularga reklama qonunchiligida belgilangan mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlar borasida xat yubordi.

Multi MaF? restoran kompleksi xatni olishi bilan “Cho‘qintirgan ota” filmi parchalaridan foydalanib ishlangan reklamani o‘chirib tashladi.

Multi MaF? restorani xo‘jayinlariga kelgusida bu kabi qonun buzilishiga yo‘q qo‘ymasliklari borasida ogohlantirish berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют