» » Yaponiya bosh vaziri mamlakat konstitutsiyasining “tinchlik” moddasiga o‘zgartirish kiritmoqchiligini ma’lum qildi

Yaponiya bosh vaziri mamlakat konstitutsiyasining “tinchlik” moddasiga o‘zgartirish kiritmoqchiligini ma’lum qildi


Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 2020-yilda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazmoqchiligini ma’lum qildi. Bosh vazir mamlakat konstitutsiyasining Yaponiyaning urushdan va qurolli kuchlar tuzishdan voz kechish haqidagi to‘qqizinchi moddasiga o‘zini mudofaa qilish kuchlari haqidagi bandni kiritishni maqsad qilib qo‘ygan. Bu haqda Abe Yomiuri Shimbun gazetasiga ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Bosh vazirning tushuntirishicha, hukumat 9-moddaning tinchlik qismini o‘zgartirish yoki bekor qilishni rejalashtirmayapti. Gap o‘z o‘zini mudofaa qilish kuchlari maqomini mustahkamlash haqida ketmoqda. Abening so‘zlariga ko‘ra, Yaponiyada hukmron Liberal-demokratik partiya Konstitutsiyani qayta ko‘rib chiqish fikrini qo‘llab-quvvatlaydi.

“2020-yilda mamlakatda Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi, bundan Yaponiyaning qayta tug‘ilishi uchun imkoniyat sifatida foydalanishimiz kerak”, — deb izoh bergan bosh vazir.

Abening izohi amaldagi konstitutsiya kuchga kirganligining 70 yilligi bilan bog‘langan. Hujjat loyihasi AQSh ma’muriyati ishtirokida ishlab chiqilgan. To‘qqizinchi modda harbiylashgan Yaponiyaning qaytadan shakllanmasligi uchun yozilgan. Modda “millatning suveren huquqi” sifatida mamlakatning urushdan “abadiy” voz kechishini mustahkamlab qo‘ygan.

Shuningdek, moddada mamlakatda hech qachon quruqlik, dengiz va harbiy havo kuchlari hamda unga tenglashtirilgan harbiy vositalar tuzilmasligi belgilab qo‘yilgan. 1954-yilda Yaponiyaning o‘zini mudofaa qilish kuchlari tuzilgan. Tuzilmaning vakolatlari dastlab qat’iy cheklangan edi.

Yaponiya Konstitutsiyasiga qabul qilinganidan buyon tuzatishlar kiritilmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-05-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют