» » Buyuk Britaniya hukumati Yevroittifoqni mamlakatdagi saylovga ta’sir o‘tkazishda gumon qilmoqda

Buyuk Britaniya hukumati Yevroittifoqni mamlakatdagi saylovga ta’sir o‘tkazishda gumon qilmoqda


Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning taxminicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatda bir necha kundan so‘ng bo‘lib o‘tadigan navbatdan tashqari parlament saylovlariga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

O‘zining Dauning-stritdagi qarorgohi yonida amalga oshirgan chiqishida hukumat rahbari Buyuk Britaniyaning Yevropadagi pozitsiyasi qit’a matbuotida noto‘g‘ri taqdim etilganini ta’kidlab o‘tdi.

“Ushbu barcha harakatlar aynan shu paytda qasddan amalga oshirildi, 8-iyunda bo‘lib o‘tadigan umumxalq saylovi natijalariga ta’sir ko‘rsatish uchun”, — dedi siyosatchi.

Tereza Mey muqaddam parlamentni tarqatib, qayta saylov o‘tkazishni taklif qilgan edi. Navbatdan tashqari saylovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — parlamentda muxolif partiyalar Brexit jarayoniga to‘sqinlik qilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (3-05-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют