» » Namangan tumanida gaz uchun to‘lovlarini o‘zlashtirib yuborgan nazoratchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Namangan tumanida gaz uchun to‘lovlarini o‘zlashtirib yuborgan nazoratchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


“Namangan tumangaz” filialida hudud nazoratchisi bo‘lib ishlaydigan Dilshod Vohidov va uning sobiq hamkasbi Sardor Nosirovning (ism-shariflar shartli) jinoiy qilmishlari fosh bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ikki azamat o‘zaro til biriktirib, Vohidov xizmat ko‘rsatadigan “Qo‘qonqishloq” mahallasidagi 30 nafar fuqaroni yangi iste’molchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish va foydalanilgan tabiiy gaz uchun shaxsiy hisob varaqlariga kiritishlariga ishontirgan.

Shu tariqa 2016-yil 28-noyabridan joriy yil 25-yanvar kunigacha iste’molchilarning 15,7 million so‘mi firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritilib, shaxsiy ehtiyojlar uchun ishlatib yuborilgan.

Ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (4-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют