» » Rossiya Suriyada xavfsizlik hududlari tashkil etish va xorijiy qo‘shinlarni kiritishni taklif etmoqda

Rossiya Suriyada xavfsizlik hududlari tashkil etish va xorijiy qo‘shinlarni kiritishni taklif etmoqda


Rossiya Suriyada to‘rtta xavfsizlik hududi tashkil etishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi. 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan muzokaralar davomida ma’lum qilgan. U oldinroq AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda mazkur tashabbusni muhokama qilgan edi.

Putinga ko‘ra, mazkur hududlarning paydo bo‘lishi Suriyada qon to‘kilishiga barham beradi va siyosiy muloqot tiklanishiga olib keladi. Ularni tuzish haqidagi memorandum Ostona muzokaralarining yangi raundi davomida imzolanishi mumkin. 

Xavfsizlik hududlarini Idlib viloyatida, Xomsdan shimolda, sharqiy Guta va Suriya janubida tashkil etish taklif etilmoqda. Ularning ichkarisida qurol ishlatish taqiqlanadi, gumanitar tashkilotlar faoliyati uchun barcha sharoitlar yaratiladi, ijtimoiy infrasturkturani tiklash bo‘yicha choralar ko‘riladi. 

Xavfsizlik hududlarining tashkil etilishi rasmiy idoralar ishini tiklash va qochoqlar qaytishi uchun sharoit yaratish imkonini beradi. Ularda xorijiy harbiy kontingentlar joylashtirilishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (4-05-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 43) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют