» » KXDR yetakchisi qo‘shinlarga dushman kuragini sindirishga tayyor turishni buyurdi

KXDR yetakchisi qo‘shinlarga dushman kuragini sindirishga tayyor turishni buyurdi


KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan mojaroli dengiz chegarasida joylashgan Sariq dengizdagi Chanjedo va Mudo orollaridagi Koreya xalq armiyasi artilleriya bo‘linmalarini nazorat qildi va harbiy xizmatchilarni birinchi buyruqdanoq dushman kuragini sindirishga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“U Chanjedo orolidagi kuzatuv punktidan Yonpxyondo orolini ko‘zdan kechirdi. Unga Janubiy Koreya qo‘g‘irchoq dushman kuchlarining shimoli-g‘arbiy orollariga oxirgi joylashuvi va Yonpxyondo orolidagi bo‘linmalarning holati haqidagi hisobot o‘qib eshittirilgandan so‘ng Kim Chen In dushman obyektlarining yangi garnizonlari bo‘ylab artilleriya zarbasi berish rejasi bilan tanishdi va yo‘l-yo‘riq berdi”, — deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi xabarida.

Xabarda ta’kidlanishicha, Kim Chen In frontning janubi-g‘arbiy chizig‘ini himoya qilayotgan Koreya xalq armiyasi artilleriya bo‘linmasi birinchi buyruqdanoq dushman kuragini sindirish uchun yuqori jangovar shaylik holatini saqlashi lozimligini ma’lum qilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (5-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют