» » AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar tufayli Primorye portlarini nazorat ostiga olishni rejalashtirmoqda

AQSh KXDRga qarshi sanksiyalar tufayli Primorye portlarini nazorat ostiga olishni rejalashtirmoqda


AQSh ma’muriyati KXDRga qarshi sanksiyalar bajarilishi uchun Rossiyaning Vladivostok, Naxodka va Vanino portlarini maxsus nazorat ostiga olishi mumkin. Tegishli norma AQSh kongressi vakillar palatasi tomonidan 4-may, payshanba kuni qabul qilingan qonun loyihasida mavjud, deb yozadi “RIA Novosti”.

Hujjatga ko‘ra, AQSh prezidenti qonun kuchga kirgandan keyingi 180 kun davomida, undan keyin esa besh yil ichida har yili KXDRga nisbatan chiqarilgan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini buzayotgan aeroportlar va portlar haqida kongressga hisobotlar taqdim etishi lozim.

“Har bir hisobot… quyidagi portlar va aeroportlar: … Rossiya Federatsiyasidagi Naxodka, Vanino va Vladivostok portlari haqidagi aniq xulosalarni o‘z ichiga olishi lozim”, — deyiladi qonun loyihasi matnida.

Hujjatda, shuningdek, Xitoy, Eron, Suriyadagi (Tartus va Latakiya) portlar haqida so‘z yuritiladi.

Hujjatni palataning 419 nafar a’zosi ma’qullagan bo‘lsa, bir nafari unga qarshi ovoz berdi. Qonun loyihasi AQSh senati tomonidan tasdiqlanishi va imzolash uchun mamlakat prezidentiga taqdim etilishi lozim.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (5-05-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют