» » OAV: AQSh NATOga IShIDga qarshi koalitsiyada ishtirok etishni taklif qilmoqchi

OAV: AQSh NATOga IShIDga qarshi koalitsiyada ishtirok etishni taklif qilmoqchi


AQSh o‘zi boshchilik qilayotgan IShIDga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro koalitsiya tarkibiga NATO ham kirishini taklif etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda, Der Spiegel nashriga asoslanib, “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Jurnalning Shimoliy Atlantika alyansidagi manbalariga qaraganda, Donald Tramp ma’muriyati 25-may kuni Bryusselda o‘tadigan NATO sammitiga tayyorgarlik doirasida shunday tashabbusga hozirlik ko‘rmoqda.

NATOning koalitsiyada ishtirok etishiga qarshilar orasida Germaniya hukumati bor. Germaniya tomoni alyansning mintaqaga kirishi vaziyatni keskinlashtirib, ixtilofning bartaraf etilishini qiyinlashtirib yuborishi mumkin deb hisoblamoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют