» » Puerto-Rikoda iqtisodiy inqiroz sabab 184 ta maktab yopiladi

Puerto-Rikoda iqtisodiy inqiroz sabab 184 ta maktab yopiladi


Puerto-Riko ta’lim departamenti boshlig‘i Yolanda Rosali iqtisodiy inqiroz sababli kamida 184 ta davlat maktabi yopilishini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, may oxiriga qadar 27 ming nafar o‘quvchi boshqa maktablarga joylashtiriladi. Bu haqda AP agentligiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Puerto-Rikoda faoliyat yuritayotgan 1292 ta davlat maktabida jami 365 ming nafar o‘quvchi ta’lim oladi. So‘nggi 30 yil davomida mamlakat maktablariga qatnash darajasi 42 foizga tushib ketdi. Yaqin yillar ichida yanada qisqarishi kutilmoqda. Bundan tashqari, oxirgi o‘n yil ichida yarim million odam AQShga ko‘chib ketgan.

Avvalroq ma’lum bo‘lganidek, jiddiy iqtisodiy inqirozni boshidan kechirayotgan Puerto-Riko hukumati kredit beruvchilar bilan qarzni qaytarish muddatini uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmadi.

Hozirda mamlakatning obligatsiyalar bo‘yicha qarzi 73 milliard dollarni tashkil etmoqda, bundan tashqari hukumat qo‘lida  50 milliard dollarga yaqin pul bilan ta’minlanmagan nafaqa obligatsiyalari mavjud.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (6-05-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют