» » Vengriya Yevropa Ittifoqida qochqinlarni joylashtirish kvotalari haqidagi qaror ustidan sudga murojaat qildi

Vengriya Yevropa Ittifoqida qochqinlarni joylashtirish kvotalari haqidagi qaror ustidan sudga murojaat qildi


Vengriya Yevropa Ittifoqining 2015-yilda qabul qilingan qochqinlarni joylashtirish bo‘yicha majburiy kvotalar haqidagi qarorining bekor qilinishini so‘rab Yevropa sudiga murojaat qildi. Bu haqda Vengriya adliya vaziri Laslo Trochani ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Kommersant”.

Vazirning aytishicha, sudda ushbu murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni 10-may kuni boshlanadi. “Biz nima uchun qarorni qonunga zid deb hisoblashimiz bo‘yicha o‘n banddan iborat ariza ishlab chiqdik”, — dedi vazir.

Xususan, vazir Vengriya kvotalar ajratilishi davlatlarning ikki turidan, ya’ni muhojirlar sonini kamaytirishni istagan va qochqinlarni qabul qilishi talab etilayotgan davlatlar bo‘linmasidan kelib chiqib belgilanishiga qarshi ekanligini bildirdi. Trochanining so‘zlariga ko‘ra, agar Vengriyaning murojaati sudda uning foydasiga hal etilmasa, mazkur mamlakat qarorni bajarishga majbur bo‘ladi.

O‘z navbatida, adliya vaziri Vengriya javobgarlikdan qochmayotgani va himoyaga muhtoj qochqinlarga yordam berayotganini aytdi. Jumladan, uning ma’lum qilishicha, joriy yilning uch oyida suriyalik 93 kishiga boshpana berilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют