» » Dunyodagi 14 ta eng xavfli yo‘l (fotogalereya)

Dunyodagi 14 ta eng xavfli yo‘l (fotogalereya)


AdMe dunyoning ko‘ngilochar istirohat bog‘laridagi har qanday qo‘rqinchli attraksionlarni ortda qoldiruvchi tasavvurga sig‘maydigan yo‘llari bilan tanishtirdi.

1970-yillarda Guolyan qishlog‘i aholisi o‘z kuchi bilan ushbu tunnelni qazidi va faqat qo‘l asboblaridan foydalanib, undan “darcha”lar ochdi.

Poyezd ovozi eshitilishi bilan, savdogarlar soniyalar ichida mahsulotlarini chetga oladi, soyabonlarni yopib, 15 km/soat tezligida harakatlanayotgan poyezdni o‘tkazib yuboradi.

Dengiz sathidan 3300 metr balandlikdan 360 metr balandlikkacha tushgan yo‘l ko‘plab egri chizilarni hosil qiladi. Yo‘l juda tor bo‘lsa-da, u orqali hatto yuk mashinalari ham harakatlanadi.

Avstraliyada joylashgan 1660 kilometrlik ushbu shosseda juda ko‘p halokatlar sodir bo‘ladi. Sababi esa juda oddiy: bu yerda manzaralar shunchalik bir xil va zerikarliki, haydovchilar mashina boshqarayotib uxlab qoladi.

“Iblis burni” temir yo‘li 800 metr balandlikka ko‘tarilgan shu nomli qoyada joylashgan. Shu paytgacha sayyohlarga bu yerda qatnaydigan vagonlar tomida ketishga ruxsat berilar edi, bugungi kunda esa bu taqiqlangan.

1964-yilda ko‘prik kuchli shamollar natijasida vayron bo‘lgan, shu tufayli, shamol tezligi 55 km/soatdan oshgan vaqtlarda bu yerdan o‘tayotgan poyezdlarga ehtimoliy xavf haqida ogohlantiruvchi signal beriladi.

Ba’zi hududlari 4600 metr balandlikkacha chiqadigan 1300 kilometrli Qoraqurum shossesi yozda yomg‘irlar tufayli yer ko‘chkilariga moyil bo‘ladi, qishda esa ob-havo sharoitlari va qor ko‘chishi xavflari tufayli shosse butunlay yopiladi.

Suv ko‘tarilgan paytda yo‘l 4 metr suv tagida qoladi, ikki kecha-kunduzdan so‘nggina yana harakatlanish uchun ochiladi.

Juda tor yo‘l 4—5 km balandlikdagi bir nechta baland tog‘ dovonlaridan o‘tadi.

99 ta muyulishdan iborat 11 kilometrli yo‘l Tyanmen tog‘i cho‘qqisida joylashgan budda ibodatxonasiga olib boradi. Ba’zi joylarda muyulishlar orasidagi masofa 200 metrdan ham kam, shu tufayli haydovchilar o‘ta diqqatli bo‘lishi kerak.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют