» » BAAdagi birinchi atom reaktorining ishga tushirilish sanasi e’lon qilindi

BAAdagi birinchi atom reaktorining ishga tushirilish sanasi e’lon qilindi


Birlashgan Arab Amirligidagi atom energiya korporatsiyasi (ENEC) mamlakatdagi birinchi atom reaktori qurib bitkazilgani haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi UAE Inside.

“Baraka” AESi Ruvays shahridan 50 kilometr g‘arbda, Abu-Dabidan 330 kilometr uzoqlikda joylashgan.

AESning birinchi energobloki 2018-yilda ishga tushirilishi kutilmoqda.

Energoblok avvalroq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan edi. ENEC muddatning cho‘zilib ketganini “yadro sanoatida xavfsizlik standartlariga rioya qilinishi va xalqaro baholash tizimini, shuningdek, stansiya xodimlarining tezkorlik darajasini oshirish uchun yetarlicha vaqtning kerakliligi” zarurati bilan izohladi.

2008-yil aprel oyida BAA hukumati mamlakatda o‘sib borayotgan energiya ehtiyojlarini qondirish uchun tinch yadroviy energiyadan foydalanishga qiziqish bildirgan edi. 2009-yildayoq Janubiy Koreyaning Korea Electric Power Corp kompaniyasi boshchiligidagi konsorsium bilan 40 milliard dollarlik shartnoma tuzgandi.

Loyiha har biri 1400 megavatt quvvatga ega to‘rtta PWR APR-1400 reaktorini qurishni o‘z ichiga oladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-05-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют