» » Dubayda Gayd-parkdan qolishmaydigan yirik bog‘ barpo etiladi

Dubayda Gayd-parkdan qolishmaydigan yirik bog‘ barpo etiladi


Dubayda maydoni jihatidan London Gayd-parkidan qolishmaydigan yirik shahar bog‘i barpo etiladi. Dubai Holding va Dubay munitsipalitet bu haqda tegishli kelishuv imzoladi, deya xabar beradi “Russkiye Emirati”.

15 ming daraxtdan iborat bog‘ Dubailand tumanida joylashadi va 1 430 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Uning o‘lchamlari mashhur Zabil bog‘i hududidan uch barobar katta.

Bog‘da 30 kilometr piyodalar yo‘lagi, 20 kilometr yugurish yo‘lagi, shuningdek, 14 kilometr velosiped va 7 kilometr tabiiy trassa bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 55 ta bolalar va 45 ta sport maydoni, 5 ta tadbirlar sahnasi, restoranlar, qahvaxonalar va do‘konlar ochiladi.

Bu yerda qo‘llanadigan “yashil texnologiyalar” yordamida energiya ishlab chiqiladi, chiqindilar qayta ishlanadi, sun’iy soya yaratiladi. Barcha hududda Wi-Fi ishlaydi, chiptalarni esa smart-tizim tayyorlaydi.

Shahar bog‘ining birinchi navbati joriy yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Опубликовано: admin (5-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют