» » O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” iqtisodiy qiyinchilikda qolgan klubdan mag‘lub bo‘lgani aytildi

O‘zbekiston chempioni “Lokomotiv” iqtisodiy qiyinchilikda qolgan klubdan mag‘lub bo‘lgani aytildi


Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida “Al-Ahli” mehmoni bo‘lib, 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi va xalqaro maydon bilan xayrlashdi.

Uchrashuvdan keyin BAAda faoliyat olib boradigan o‘zbekistonlik futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev “Lokomotiv” aslida qanday klubga imkoniyatni boy bergani borasida fikr bildirdi.

Nikimbayevning Twitter sahifasida qayd etishicha, BAA chempionatida mavsum yakuniga yetay deb qoldi. Bu esa futbolchilarda charchoq alomatlarini ko‘rsatishi mumkin.

Klub mamlakat chempionligini qo‘lga kirita olmay, 3-o‘rinda yurgani uchun ham ichki muhit u qadar yaxshi emas, aniqrog‘i, tushkunlik holati hukmron.

Shuningdek, “Al-Ahli” rahbariyatining futbolchilar oldida qarzdorligi mavjud. Bu qarzdorlik o‘tgan yilgi mavsumdan buyon davom etib kelmoqda. Shunga qaramay, O‘zbekistonning bugungi kundagi eng yaxshi jamoasi “Al-Ahli”dan yirik mag‘lubiyat qabul qilib oldi.

Ma’lumot uchun, tomonlarning Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi o‘yinida “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida zafar quchgandi. Ammo qo‘lga kiritilgan jami 5 ochko navbatdagi bosqich uchun kamlik qildi va “Lokomotiv” guruh bosqichini so‘nggi o‘rinda yakunladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют