» » Ajman amiri suriyalik ota-bolani qayta uchrashtirib ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi

Ajman amiri suriyalik ota-bolani qayta uchrashtirib ijtimoiy tarmoqlarni zabt etdi


Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Suriyalik fuqaroga o‘g‘li bilan qayta uchrashishiga yordam bergan Ajman amiri va Birlashgan Arab Amirligi Oliy ittifoq kengashining a’zosi shayx Xumayd ibn Rashid an-Nuaymining harakatlariga tasanno aytishdi, deb xabar berdi UAE Inside.

Gulfnews’ning xabar berishicha, BAA da istiqomat qiladigan suriyalik ota vatanida qolgan o‘g‘lini mamlakatda urush boshlanganidan beri ko‘rmagan va undan juda xavotirlangan.

Umidsiz ota yordam so‘rab amirlik hukumatiga murojaat qilgan. Voqeadan xabar topgan Ajman hukumdori darhol yigitga amirlik vizasini taqdim qilgan. Bu bilan amir yigitga faqatgina otasini ko‘rishiga yordam beribgina qolmay, vatanidagi muqarrar o‘limdan saqlab qolgan.

Ota va bolaning uzoq kutilgan uchrashuvi shayx Xumayd ishtirokida saroyda bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari amirlikning mashhur biznesmeni Halyaf Al-Xabtur ota va bolaga o‘z salonidagi istalgan avtomobilni sovg‘a sifatida tanlab olishiga ruxsat bergan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (10-05-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют