» » “Lokomotiv” Jaloliddin Masharipovni, xitoyliklar Yegor Krimetsni “Paxtakor”ga qaytarishga yaqin

“Lokomotiv” Jaloliddin Masharipovni, xitoyliklar Yegor Krimetsni “Paxtakor”ga qaytarishga yaqin


Toshkentning “Paxtakor” klubi Jaloliddin Masharipov hamda Yegor Krimetsni ortga qaytarishni maqsad qilgan. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.

Yangi rahbariyat klub bilan shartnomasi bor bo‘lgan bu ikki futbolchini qaytarish orqali tarkibdagi muammolarni qisman hal qilishni niyat qilgan.

Mavsum boshida “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun Jaloliddin Masharipovni ijaraga olgandi. Biroq guruh bosqichida bor-yo‘g‘i 5 ochko to‘plagan “temiryo‘lchilar” so‘nggi o‘rindan joy oldi. Shundan kelib chiqilsa, ikkinchi davra boshida Masharipov “Paxtakor”ga qaytishi katta ehtimol.

Yegor Krimets esa Xitoydagi legionerlar cheklovi sabab o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Shundan kelib chiqib, “Paxtakor” uni ham Toshkentga qaytarishga yaqin. Shuningdek, o‘tgan mavsumdan buyon “Qo‘qon—1912” safida yurgan Javohir Sidiqov ham sobiq klubiga qaytishi mumkin.

Avvalroq “Paxtakor” stadioni rekonstruksiya qilinishi mumkinligi va klubga Braziliya yoki Yevropadan murabbiy olib kelinishi borasida tasdiqlanmagan xabarlar paydo bo‘lgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-05-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют