» » “Paxtakor” Yevropa va Braziliyadan yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda

“Paxtakor” Yevropa va Braziliyadan yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda


Toshkentning “Paxtakor” klubi yangi strukturada faoliyat olib borish ishlarini boshlab yuborgan. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Aytilishicha, endi jamoadagi qarorlar faqatgina bir kishi tomonidan chiqarilmaydi, balki har qanday masala direktorlar kengashi yig‘ilishida muhokama etiladi.

Klubning yangi rahbariyati “Sho‘rtan” va “Lokomotiv”ga qarshi o‘yinlarda maksimal ochko ishlab olish vazifasini qo‘yganiga qaramay, Ravshan Haydarov murabbiy etib tayinlangan “Paxtakor” G‘uzordan 0:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib keldi. Shu boisdan klub o‘ziga Yevropa mamlakatlari va Braziliyadan yangi murabbiy izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Ayni paytdagi ustuvor vazifa birinchi davra yakuniga qadar iloji boricha ko‘proq ochko ishlab olishdan iborat. Tanaffus vaqtida esa klub safi kuchli legioner futbolchilar bilan to‘ldirilishi ham mumkin. Asosiy maqsad — 2018-yilgi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida ishtirok etish.

Ma’lumot uchun, “Paxtakor” klubi o‘zgarishlar haqida rasmiy ma’lumot berib ulgurmadi. Bu ma’lumot qachon va kim tomonidan berilishi mumkinligi hozircha aniq emas.

Опубликовано: admin (17-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют