» » Fitch: O‘zbekiston banklarining ko‘pchiligi so‘m kursi pasayishiga bardoshli

Fitch: O‘zbekiston banklarining ko‘pchiligi so‘m kursi pasayishiga bardoshli


O‘zbekistonning Fitch Ratings tomonidan reytinglanadigan banklarining ko‘pchiligi hukumat valyuta bozorini erkinlashtirishni va ayirboshlash operatsiyalari nazoratini yumshatishni rejalashtirayotgani uchun o‘rta muddatli istiqbolda kuzatilishi mumkin bo‘lgan so‘m kursining pasayishiga bardoshli. Shu bilan bir vaqtda bir qator banklar milliy valyuta kursining sezilarli tarzda pasayishiga ta’sirchan hisoblanadi. Bu haqda agentlikning yangi hisobotida aytiladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Fitch fikricha, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Mikrokreditbank”, “Trastbank” va “Universal Bank” kapitalga nisbatan regulyativ talablarni buzmagan holda, kursning 50 foiz pasayishiga bardosh bera oladi, “Asaka” va “Ipak yo‘li” banklari esa kursning 20 foizga tushishiga chidab berishi mumkin, ammo ularga qo‘shimcha kapital yoki talablardan chetlashish uchun ruxsat kerak bo‘lishi mumkin. “Agrobank” hozirdanoq minimal talablarga rioya qilmayapti.

So‘m devalvatsiyasi “O‘zsanoatqurilishbank” va “Asaka” bankida yuqori darajada bo‘lgan va “Ipak yo‘li” bankida ahamiyatli darajada bo‘lgan valyuta kreditlari sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin.

Fitch hisob-kitoblariga ko‘ra, davlatning chet el valyutasida ko‘mak berish qobiliyati yaxshi hisoblanadi, bu haqda O‘zbekistonning taxminan 25 milliard dollar (2016-yil oxiri holatiga ko‘ra) darajasidagi yirik valyuta zaxiralari darak beradi, bu bank sektorining ikki hissa valyuta majburiyatlariga yoki uning tashqi qarzining 11 karra qiymatiga teng.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-05-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют