» » Yunker: Turkiyada o‘lim jazosining joriy qilinishi Yevroittifoq bilan muzokaralar to‘xtatilishini bildiradi

Yunker: Turkiyada o‘lim jazosining joriy qilinishi Yevroittifoq bilan muzokaralar to‘xtatilishini bildiradi


Turkiyada o‘lim jazosining joriy qilinishi mamlakatning Yevroittifoqqa a’zo bo‘lishi haqidagi muzokaralar to‘xtatilishini bildiradi. Bu haqda Yevrokimissiya rahbari Jan-Klod Yunker aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.

“Mutlaq ‘qizil chiziq’ o‘lim jazosiga qaytish bo‘ladi, — dedi u. — Bu Yevropa ko‘lamlari, Yevropa qadriyatlariga muvofiq kelmaydi”.

“Bu Yevroittifoqqa qo‘shilish haqidagi muzokaralarning zudlik bilan to‘xtatilishiga olib kelgan bo‘lardi”, — deya ogohlantirdi Yunker.

Eslatib o‘tamiz, Turkiyadagi referendumdan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on “birinchi galda” hukumat rahbari Binoli Yildirim va muxolifatdagi Milliy harakat partiyasi raisi Davlat Bog‘chali bilan o‘lim jazosini amaliyotga qaytarishni muhokama qilishini bildirgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (11-05-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют