» » Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqining 100 yilligi nishonlanishiga ishonadi

Jan-Klod Yunker Yevropa Ittifoqining 100 yilligi nishonlanishiga ishonadi


Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker barcha qiyinchiliklar, jumladan, Buyuk Britaniyaning ittifoqdan chiqishiga qaramay, Yevropa Ittifoqi tarqalib ketmaydi, deb hisoblamoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Hali Yevropa Ittifoqining 100 yillik yubileyini nishonlaymiz”, — deya umid bildirdi Yunker.

Yevrokomissiya rahbariga ko‘ra, tuzilmaga a’zo davlat milliy o‘zligini saqlab qoladi. Birxillashtirish siyosati esa Yevropani barbod qiladi.

“Yevropa Ittifoqini hech qachon davlat sifatida ko‘rmaysiz. Biz AQSh kabi davlatga aylanish jarayonida ham emasmiz”, — deb ta’kidladi Yevrokomissiya rahbari.

Ma’lumot uchun, 25-mart, shanba kuni Italiya poytaxtida tuzilma uchun asos bo‘lib xizmat qilgan Rim shartnomasi imzolanganining 60 yilligiga bag‘ishlangan Yevroittifoq sammiti ochildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (25-03-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют