» » Referendumda g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on birinchi galda Turkiyada o‘lim jazosini tiklashni muhokama qilishini bildirdi

Referendumda g‘alaba qozongan Erdo‘g‘on birinchi galda Turkiyada o‘lim jazosini tiklashni muhokama qilishini bildirdi


Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on “birinchi galda” hukumat rahbari Binoli Yildirim va muxolifatdagi Milliy harakat partiyasi raisi Davlat Bog‘chali bilan o‘lim jazosini amaliyotga qaytarishni muhokama qilishini bildirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

“Bizga tahdid qilganlar ovoz berish qutilari oldida javob oldi. Biz hali ko‘p narsani amalga oshirishimiz kerak. Birinchi bo‘lib bosh vazir va janob Bog‘chali bilan o‘lim jazosini muhokama qilaman”, — dedi Erdo‘g‘on Istanbul aholi o‘rtasidagi chiqishi chog‘ida.

Turkiya prezidenti “mazkur mavzu bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilishi”ni ham istisno etmadi. 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda 16-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan davlat boshqaruvining prezidentlik shakliga o‘tish bo‘yicha referendumda konstitutsiyani isloh qilish tarafdorlari g‘olib chiqdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют