» » O‘zbekiston Prezidenti ishtirokidagi tadbirlarni yoritishga nodavlat OAV va internet-nashrlar vakillari ham jalb etiladi

O‘zbekiston Prezidenti ishtirokidagi tadbirlarni yoritishga nodavlat OAV va internet-nashrlar vakillari ham jalb etiladi


Respublika OAV vakillari va 30 ga yaqin davlat organlari axborot xizmatlari rahbarlari ochiq muloqot uchun to‘plandi. Bu haqda “1news.uz” xabar bermoqda. 

Uchrashuvning bosh mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi bo‘ldi. Davlat rahbarining matbuot kotibi Asadbek Xo‘jayevga ko‘ra, tashrif davomida jami 20 milliard dollar miqdoridagi 100 ga yaqin shartnoma imzolanishi mo‘ljallangan.

14—15-may kunlari Pekinda o‘tkaziladigan “Bir qutb, bir yo‘l” xalqaro forumiga 40 dan ortiq davlat rahbari kelishi kutilmoqda, tadbirlarda O‘zbekiston ham faol ishtirok etadi. Anjuman doirasida O‘zbekiston yetakchisining boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari ham rejalashtirilgan. 

Mamlakat OAVlaridagi islohotlar haqidagi savolga javoban yangilanishlarning joriy bosqichida iqtisodiy va siyosiy masalalar yetakchilik qilayotgan bo‘lsa-da, davlat rahbari mahalliy OAV modernizatsiyasiga ham alohida e’tibor qaratayotgani ta’kidlandi. 

Jumladan, televideniye va radioni isloh qilish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda, “O‘zbekiston 24” maxsus yangiliklar kanali ochilmoqda. Shuningdek, yangiliklar va tahliliy materiallarni turli rakurslarda taqdim etish maqsadida rasmiy tadbirlarni yoritadigan jurnalistlar guruhini kengaytirish rejalashtirilmoqda. Uning tarkibiga nodavlat OAV, internet-nashrlar vakillari ham kiritiladi. 

Muloqotda jurnalistlar va davlat organlari axborot xizmatlarining o‘zaro aloqalariga tegishli dolzarb masalalar ham ko‘tarildi. Xususan, ma’lumotlar olish uchun tahririyatlardan rasmiy xat talab qilinishi bugungi kun maromiga to‘g‘ri kelmasligi, materiallar tayyorlash jarayonini keyinga surayotgani bildirildi. 

Jurnalistlar va davlat organlari axborot xizmatlari vakillarining muloqot shaklidagi bunday uchrashuvi o‘ta ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi. Bunday tadbirlarni ikki haftada bir marotaba o‘tkazish haqida kelishib olindi. 

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (11-05-2017, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют