» » Britaniyaning qator shifoxonalariga bir paytda xakerlik hujumi uyushtirildi: kompyuterlarni ochish uchun tovon puli talab qilinmoqda

Britaniyaning qator shifoxonalariga bir paytda xakerlik hujumi uyushtirildi: kompyuterlarni ochish uchun tovon puli talab qilinmoqda


12-may kuni Buyuk Britaniyaning bir qancha mintaqasida Milliy sog‘liqni saqlash xizmat shafeligida ishlovchi barcha shifoxonalarda bir paytning o‘zida texnik buzilish ro‘y berdi. Ushbu nosozlik xakerlik hujumi bilan bog‘liq, deb xabar bermoqda Meduza.

Bir qator tibbiyot muassasalarida telefon va kompyuterlar ishdan chiqdi. Shifoxonalar qog‘oz-ruchkaga qaytishga majbur bo‘ldi. Ayrim shifokorlar zudlik bilan yordam talab qilinmaydigan mijozlarni qabul qilishni vaqtinchalik cheklab qo‘ydi.

The Guardian’ga ko‘ra, zararlangan uskunalarda ishni qayta boshlash uchun tovon puli to‘lash talabi ifodalangan xabarlar paydo bo‘lmoqda. The Telegraph ham hujum blokdan chiqarish uchun tovon puli talab qiluvchi virus yordamida amalga oshirilganini tasdiqladi.

Buzilish London, Nottingem, Kambriya, Blekbern, Blekpul, Derbishir va Xartfordshirda joylashgan kamida 16 shifoxonada ro‘y berdi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (12-05-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют