» » Johnson & Johnson kompaniyasi o‘z mahsuloti tufayli saratonga chalingan ayolga 110 mln dollar tovon puli to‘laydi

Johnson & Johnson kompaniyasi o‘z mahsuloti tufayli saratonga chalingan ayolga 110 mln dollar tovon puli to‘laydi


Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasi uning talkli mahsulotini ishlatgandan so‘ng saratonga chalinib qolgan Virjiniya shtati fuqarosiga tovon puli sifatida 110 million dollar to‘laydi, deb yozadi “TASS”.

Tegishli hukmni Amerikaning Sent-Luis (Missuri shtati) shahri sudi chiqardi. Ayolning ta’kidlashicha, u Johnson & Johnson kompaniyasining talkli prisipkasidan qirq yil davomida har kuni foydalangan. 2012-yilda unda tuxumdonlar saratoni aniqlangan, saraton keyinroq jigarga tarqalgan. Ayni paytda ayol kimyoviy davolash kursidan o‘tmoqda.

Johnson & Johnson kompaniyasining javob bayonotida kompaniya ayolga hamdardlik bildirdi, ammo sud qaroridan norozi bo‘lib shikoyat arizasi berishini ma’lum qildi. Ular o‘z mahsuloti xavfsiz ekanligini ta’kidlab turib oldi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (5-05-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют