» » Saudiya Arabistonining Al-Qatif shahrida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Al-Qatif shahrida uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Saudiya Arabistoni shimoli-sharqidagi Al-Qatif shahrida noma’lum shaxslar tomonidan uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida ikki kishi, jumladan, bir yosh bola halok bo‘ldi va 10 kishi jarohat oldi. Bu haqda qirollik IIVga tayanib Al Jazeera telekanali ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, “terrorchilar Al-Masur tumanidagi sanoat obyektlaridan birining hududiga bir nechta portlovchi qurilmalarni otib hujum uyushtirgan”, shundan so‘ng yaqin atrofdagi odamlarga qarata o‘q uza boshlagan.

Ichki ishlar vazirligining fikricha, hujumdan maqsad “sanoat obyektiga zarar yetkazish va uning faoliyatini to‘xtatish” bo‘lgan. Idora shahar aholisini hujum sodir bo‘lgan joyga bormaslikka, shuningdek, junoyatchilarni “ixtiyoriy taslim bo‘lish”ga chaqirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют