» » Ingushetiyadagi shahar meri mahalliy aholi bilan birdamlik ramzi sifatida uyini gaz tarmog‘idan uzdi

Ingushetiyadagi shahar meri mahalliy aholi bilan birdamlik ramzi sifatida uyini gaz tarmog‘idan uzdi


Rossiyaning Ingushetiya respublikasidagi Nazran shahri meri Alixan Tumgoyev mahalliy aholi vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z uyini gaz ta’minotidan uzib qo‘ydi. Ilgariroq quvurlar ta’miri tufayli 400 ga yaqin odam gazsiz qolgan edi, deb xabar beradi TJournal.

Shahar rahbari mintaqada gaz ta’minoti butunlay tiklanganidan so‘ng o‘z uyini qaytadan tarmoqqa ulashni rejalashtirmoqda.

Tumgoyevning hamkasblari uni qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, hukumat raisi Ruslan Gagiyev ushbu harakatni hurmatga loyiq deb baholadi.

9-may kuni eski gaz quvurining portlashi oqibatida butun tizim ishdan chiqqan, bundan tashqari, bir oila jabr ko‘rgan edi. Merning topshirig‘i bilan ushbu oilaga 100 ming rubl moddiy yordam ko‘rsatildi. Ta’mir ishlari tufayli gaz tizimi o‘chirilgan, 400 kishi gazsiz qolib ketdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют