» » Jorj Kluni dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi

Jorj Kluni dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi


Aktyor Jorj Kluni Angliyaning Sonning qishlog‘idagi dang‘ilama uyini ta’mirlayotgani sabab, qo‘shnilarini vaqtincha mehmonxonaga joylashtirdi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Kluni ushbu dang‘illama uyni 2014-yilda sotib olgan, ko‘p o‘tmay u yerda ulkan rekonstruksiya ishlari, jumladan, 20 metrli basseyn va 12 kishiga mo‘ljallangan kinoteatr qurilishi boshlangan, mingga yaqin katta daraxtlar paydo bo‘lgan edi.

Qo‘shnilar doimiy tuproq tashigan yuk mashinalaridan shikoyat qilgach, kinoyulduz ular bilan uchrashdi va ularni olti hafta hashamatli mehmonxonada yashashi, bir hafta greklarning Korfu orolida dam olishlari uchun sarf-xarajatni to‘lab berdi.

Shuningdek, ularga 30 ming funt (37 ming dollar) miqdorda tovon puli ham to‘ladi. Bundan tashqari, Kluni ta’mirlash ishlari tugagunga qadar qo‘shni er-xotinning hashamatli uyini ijara haqini to‘lab, ularga yangi changyutkich sovg‘a qildi.

55 yoshli Jorj hamda uning 38 yoshli rafiqasi Amal egiz farzand kutmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (8-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют