» » Ilon Mask Los-Anjeles ostidagi tunnel platformasini ko‘rsatdi

Ilon Mask Los-Anjeles ostidagi tunnel platformasini ko‘rsatdi


Tesla, SpaceX va Boring Company kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Los-Anjeles ostidan o‘tadigan avtomobil tunnelining qurilish jarayoni haqida hikoya qilib berdi hamda birinchi sinovlarni namoyish etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Maks avtomobillar Vestvuddan Los-Anjeles aeroportigacha bo‘lgan masofani besh daqiqada bosib o‘tishini va’da qilmoqda. The Verge’ga ko‘ra, oddiy trafik holatida bunday safar 35–40 daqiqa vaqt oladi.

Instagram’dagi sahifasida Mask mashinalarni tunnelga olib boruvchi platformaning ishlashi aks etgan videoni joylashtirdi. Ta’kidlanishicha, maksimal tezlik soatiga 200 kilometrni tashkil qiladi.

[Warning, this may cause motion sickness or seizures] This is a test run of our electric sled that would transport cars at 125 mph (200 km/h) through the tunnels, automatically switching from one tunnel to the next. Would mean Westwood to LAX in 5 mins.

A post shared by Elon Musk (@elonmusk) on

Birinchi yo‘nalish Los-Anjelesdan Kalver-Siti, Santa-Monika, Vestvud va Sherman Ouksga borishi rejalashtirilmoqda. Mask ushbu loyiha realizatsiyasi uchun shaharlar ma’muriyatlaridan ruxsatnoma olgan-olmagani hali noma’lum. Tesla hududida qurilishlar ruxsatsiz ham davom etishi mumkin.

Yana bir videoda burg‘u mashinasining old qismi namoyish etildi. Maskning so‘zlariga qaraganda, konstruksiya bir paytning o‘zida tunnelni qazish va mustahkamlash imkonini beradi, bu esa vaqt va xarajatlarni qisqartiradi.

Cutterhead in operation at standard industry speed. Planning to jack this up by a factor of ten or more.

A post shared by Elon Musk (@elonmusk) on

Yana bir suratda Geri laqabli shilliq qurt aks etgan. Maskning rejasiga ko‘ra, u Godo nomli burg‘u mashinasi bilan tezlik bo‘yicha bellashishi lozim.

Ilgari Mask tunneli qanday ishlashini namoyish qilib bergan edi. Yuqoridan mashinani harakatlanuvchi platforma olib ketib, relssifat yo‘ldan kerakli nuqtaga yetkazishi lozim.

Yanvar oyining oxirida Ilon Mask tunnel qurilishining boshlanishi yuzasidan hisobot berdi. Aytilishicha, u Los-Anjelesdagi katta tirbandlikda qolib ketgan payti loyiha g‘oyasi aqliga kelib qolgan. Sinov transheyasi tayyor bo‘lganidan so‘ng u nima qilayotganini o‘zi ham bilmasligini ta’kidlab o‘tgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-05-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют