» » Britaniyalik erkak uyiga kelgan bosh vazir — Tereza Meydan qo‘rqib, eshikni ochmadi (video)

Britaniyalik erkak uyiga kelgan bosh vazir — Tereza Meydan qo‘rqib, eshikni ochmadi (video)


Buyuk Britaniyaning Sautgempton shahrida istiqomat qiluvchi 29 yoshli ishsiz fuqaro Devid Brayan mamlakat bosh vaziri Tereza Meyga uy eshigini ochmadi. Bosh vazir Konservativ partiyadan mahalliy nomzod Pol Xolmsni qo‘llab-quvvatlashni targ‘ib qilish uchun erkakning uyiga kirmoqchi bo‘lgandi, deb yozadi TJournal.

Brayan Twitter’dagi sahifasiga uyining tashqarisida o‘rnatilgan kamera orqali Mey va Xolmsni kuzatayotgani, keyin esa oyna oldiga borib ularning ketayotgani aks etgan videoni yukladi.

That time @theresa_may came to my front door but I was too scared to answer pic.twitter.com/mX6Q6Q0yRs

— David Bryan (@eldavemachine) May 11, 2017

Bu vaqt Tereza Mey eshigim oldiga keldi, ammo men javob berishdan qo‘rqdim.

Devid Brayan

Keyinroq Brayan siyosat haqida so‘zlasha olmasligini va suhbat uchun mavzu topolmasligini tan oldi. Shuningdek, britaniyalik erkakni bosh vazirning qattiqqo‘ligi cho‘chitdi.

Joriy yilning aprel oyi oxirida Shotlandiyaning Aberdinshir viloyati fuqarolari mahalliy nomzodni qo‘llab-quvvatlashga chaqirmoqchi bo‘lgan Tereza Meyga shunga o‘xshash munosabatda bo‘lgan edi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-05-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют