» » Boku—2017. Hisobida 5 ta oltin medali bor O‘zbekiston delegatsiyasi 3-o‘ringa chiqib oldi

Boku—2017. Hisobida 5 ta oltin medali bor O‘zbekiston delegatsiyasi 3-o‘ringa chiqib oldi


Boku mezbonlik qilayotgan “Islom birdamligi o‘yinlari”ning 14-may sanasidagi musobaqalarida O‘zbekiston delegatsiyasi 12 ta medalga ega chiqdi. Kecha — 13-may kuni o‘zbekistonlik sportchilar 8 ta medal bilan kifoyalangandi.

Kunning eng omadli sportchisi deb Anastasiya Serdyukovani ko‘rsatish mumkin. Badiiy gimnastikachi bulava mashqida delegatsiya hisobiga ikkinchi oltin medalni yozib qo‘ydi. Keyinroq u halqa va koptok bilan mashqlarda ikkita kumush medalga ega chiqdi. Bu borada Serdyukova O‘zbekiston delegatsiyasining eng oldi sportchisiga aylanib oldi.

Dzyudo ustasi Gulnoza Matniyozova esa hisob bo‘yicha uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. -70 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Gulnoza barcha raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Kunning so‘nggi ikki musobaqasida para-dzyudo ustalari yana ikki oltin medalni keltirdi. Avvaliga Shuhrat Boboyev, keyinroq esa Shirin Sharipov barcha raqiblarini mag‘lub etib, o‘z vazn toifalarida shohsupaning eng yuqorisidan joy oldi.

Badiiy gimnastikachilar delegatsiya uchun ikki bronzani ham qo‘shib qo‘ydi. Bulava hamda tasma mashqlarida Sabina Toshkenboyeva jamoadoshi Anastasiya Serdyukovadan keyingi pog‘onalarni band etishga muvaffaq bo‘ldi. Avvalroq o‘zbekistonlik uch gimnastikachi jamoaviy bellashuvlarda ham delegatsiya uchun medal olib bergandi.

Shuningdek, og‘ir atletikaning 58 kilogrammgacha bo‘lgan sportchi qizlari o‘rtasidagi bellashuvlarida Muattar Nabiyeva uchinchi natija qayd etdi. U 196 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundira oldi.

Oltin
Anastasiya Serdyukova — bulava
Gulnoza Matniyozova — dzyudo
Shuhrat Boboyev — para-dzyudo
Shirin Sharipov — para-dzyudo

Kumush
Anastasiya Serdyukova — halqadagi mashqlar
Anastasiya Serdyukova — koptokdagi mashqlar

Bronza
Sabina Toshkenboyeva — tasmadagi mashqlar
Sabina Toshkenboyeva — bulava
Abdulaziz Otaboyev — karate
Davlatbek Bobonov — dzyudo
Muattar Nabiyeva — og‘ir atletika
Feruz Saidov — para-dzyudo

Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin, 4 ta kumush va 12 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Peshqadamlik mezbon Ozarbayjonning o‘zida, ularni Turkiya delegatsiyasi ta’qib qilmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-05-2017, 05:18)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют