» » Zimbabveda Iso Masih mo‘jizasini ko‘rsatib berayotgan ruhoniyni timsohlar yeb qo‘ydi

Zimbabveda Iso Masih mo‘jizasini ko‘rsatib berayotgan ruhoniyni timsohlar yeb qo‘ydi


Zimbabveda uchta timsoh Iso Masih suv ustida qanday yurganini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan cherkov arbobini yeb qo‘ydi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Hodisa yirtqichlar juda ko‘p uchraydigan joyda sodir bo‘lgan.

Ruhoniy o‘z shogirdlarini ko‘l yoniga olib kelib, Injilda keltirilgan mo‘jizalardan biri — Iso Masihning suv ustida yurishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. U suvga kirib, taxminan 30 metr yurgan, endi qirg‘oqqa chiqmoqchi bo‘lganida unga uchta timsoh tashlangan.

“Bu qanday sodir bo‘lganini haligacha tushuna olmayapmiz, axir u butun hafta davomida ibodat qildi, timsohlar esa uni 1—2 daqiqadayoq tilka-pora qildi”, — deya voqeani izohladi ruhoniyning shogirdlaridan biri.

Shoshilinch xizmat xodimlari yetib kelganida ruhoniy allaqachon halok bo‘lgandi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (15-05-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют