» » Afrikada timsohlar xristian ruhoniysini yeb qo‘ygani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

Afrikada timsohlar xristian ruhoniysini yeb qo‘ygani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi


15-may kuni jahonning ko‘plab ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, “Daryo” ham Zimbabveda afrikalik ruhoniyni timsohlar yeb qo‘ygani haqida yozib chiqqan edi. Ammo mazkur xabar yolg‘on ekani aniqlandi, deb xabar beradi Meduza.

Xabarga ko‘ra, Zimbabveda uchta timsoh Iso Masih suv ustida qanday yurganini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan cherkov arbobini yeb qo‘ygan. Ruhoniy o‘z shogirdlarini ko‘l yoniga olib kelib, Injilda keltirilgan mo‘jizalardan biri — Iso Masihning suv ustida yurishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘lgan. U suvga kirib, taxminan 30 metr yurgan, endi qirg‘oqqa chiqmoqchi bo‘lganida unga uchta timsoh tashlangan.

Jahon matbuotida birinchilardan bo‘lib bu haqda Nigeriyaning Daily Post nashri yozgan, manba sifatida Zimbabwe Herald’ni ko‘rsatgan edi. Ammo Zimbabwe Herald saytida bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q.

Mashable nashri ushbu xabar ilk bor 2016-yil yozida Keniyaning EDaily yangiliklar saytida nashr etilganini aniqladi. 2017-yil fevralida u National News Bulletin yolg‘on yangiliklar saytida qaytadan chop etildi va u keyinchalik boshqa nashrlarga manba bo‘lib xizmat qildi.

Mazkur sayt o‘zini “sof afrikancha satira” deb ataydi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 04:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют