» » Nyu-Jersida biznes samolyotning qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Nyu-Jersida biznes samolyotning qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


AQShning Nyu-Jersi shtatida 8 kishiga mo‘ljallangan Learjet 35 biznes samolyotining aeroportga qo‘nish oldidan halokatga uchrashi oqibatida 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar bermoqda TJournal.

Xabarda ta’kidlanishicha, havo kemasi bortida yo‘lovchilar bo‘lmagan. Samolyot qulayotgan vaqtda uchta uyga urilgan va buning natijasida katta yong‘in sodir bo‘lgan.

Furaqolik aviatsiyasi federal boshqarmasining ma’lum qilishicha, Filadelfiya xalqaro aeroportidan yo‘lga chiqqan samolyot Teterboro aeroporti yaqinida halokatga uchradi.

Mahalliy OAVning qayd etishicha, samolyotning qulashidan biroz oldin uchuvchi dispetcherga havo kemasidagi nosozlik haqida xabar bergan.

Baxtsiz hodisa tufayli Nyu-Jersi aeroporti yo‘lovchilar uchun vaqtincha yopildi. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 106) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют