» » Tramp tarixda hech bir siyosatchi bilan u kabi yomon va adolatsiz munosabatda bo‘linmaganidan nolidi

Tramp tarixda hech bir siyosatchi bilan u kabi yomon va adolatsiz munosabatda bo‘linmaganidan nolidi


AQSh prezidenti Donald Tramp tarixda hech bir siyosatchi bilan u kabi yomon va adolatsiz munosabatda bo‘linmaganidan nolidi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. 

Tramp Konnektikut shtatida, AQSh qirg‘oq himoyasi akademiyasi bitiruvchilari oldidagi chiqishi chog‘ida bu haqda ma’lum qildi. 

“Tarixda hech bir siyosatchi bilan mendan ko‘ra yomonroq va adolatsizroq munosabatda bo‘linmagan. Meni Vashington ommaviy axborot vositalariga emas, Amerika xalqiga xizmat qilish uchun saylashgan. Men bilan oxirgi paytda qanday muomala qilishayotganini ko‘ring, ayniqsa jurnalistlar”, — deya ta’kidladi AQSh prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Kongressi vakillar palatasining Demokratlar partiyasidan vakili El Grin Trampga nisbatan impichment e’lon qilish taklifini ilgari surgandi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (18-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют