» » Tojikiston jurnali: O‘zbekiston sovutgich omborxonalari hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biriga aylandi

Tojikiston jurnali: O‘zbekiston sovutgich omborxonalari hajmi bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biriga aylandi


Tojikistondagi “Iqtisodchi” jurnali shunday sarlavha ostida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sovutgichlarda saqlash sanoatining rivojlanishiga bag‘ishlangan maqola chop etildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi ma’lum qildi.

Maqolada bildirilishicha, “Umumjahon sovutgich omborxona imkoniyatlari”ning 2016-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston sovutgich omborxonalar hajmi bo‘yicha eng yaxshi 20 mamlakat ro‘yxatiga kiritildi. 

Jurnal Umumjahon sovutgich zaxiralari uyushmasining xalqaro dasturlar bo‘yicha direktori Richard Treysidan quyidagi iqtibosni keltirgan:

“O‘zbekiston qisqa vaqt ichida yuqori natijalarga erishdi. Uning bu sohada dunyo bo‘ylab kuchli 20 ta mamlakat qatoriga kirgani quvonarlidir. Bu nafaqat iste’molchilarga yil davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan bahramand bo‘lish, balki fermerlarga olis bozorlarda o‘z mahsulotlarini yaxshi narxlarda sotish imkoniyatini ham yaratadi. O‘zbekiston yaqin kelajakda ushbu sohada eng yaxshi 10 ta mamlakat qatoriga qo‘shiladi, deb umid qilaman”.

Nashrga ko‘ra, O‘zbekiston 2020-yil oxiriga qadar tizimning umumiy sig‘imini bir million tonnagacha yetkazishni rejalashtirmoqda. Hozirda mamlakatda bir paytning o‘zida 800 ming tonnadan oshiq mahsulot saqlash imkonini beradigan 1,3 mingdan ortiq maxsus omborxona mavjud. Yangi sovutgich kameralari paydo bo‘lishi sharofati bilan mamlakat meva-sabzavotlar yo‘qotilishini kamida 10 foizga qisqartirishni mo‘ljallamoqda. 

Yangi omborxonalar qurilishiga 115 million dollar yo‘naltiriladigan savdo-logistika markazlari tarkibiga kiradi. O‘zbekistonning barcha hududlarida 15 ta shunday markaz ochilishi rejalashtirilgan. Yangi sovutgichlar va omborxonalarning ko‘plab barpo etilayotgani 2020-yilga kelib mamlakatda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish hamini ikki barobar — yiliga 32 million tonnagacha oshirish vazifasi qo‘yilgani bilan izohlanishi ta’kidlangan. 

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (19-05-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют