» » “Farzandlarimizni yoshligidan matematikaga, fizikaga, dasturlashga o‘qitishimiz kerak”. O‘zbekistonlik bolalarni Janubiy Koreya bolalari kabi “eng baxtsiz” qilish taklifi bildirildi

“Farzandlarimizni yoshligidan matematikaga, fizikaga, dasturlashga o‘qitishimiz kerak”. O‘zbekistonlik bolalarni Janubiy Koreya bolalari kabi “eng baxtsiz” qilish taklifi bildirildi


Dunyodagi “eng baxtli bolalar” — o‘zbekistonlik bolalar. Lekin O‘zbekiston jahonning ilg‘or mamlakatlari qatoriga qo‘shilishi uchun bu bolalar kamida Janubiy Koreyadagi tengdoshlari kabi “baxtsiz” bo‘lmog‘i lozim. O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sherzod Shermatov Xalqaro press-klubning 17-may kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida xuddi shunday fikr bildirdi.

Mavzuga doir: Aholining biri boshqasiga zid talab va shikoyatlari, qishloqlarga internetni olib kirishdagi muammolar, Toshkent metrosiga xalal berayotgan teraktlar. AKTV rahbari Sherzod Shermatov jurnalistlar bilan uchrashdi

Sanoat inqilobining sababchisi — innovatsiya. Innovatsiya odamlarning bilimi va yangiliklaridan kelib chiqadigan narsa. Bugungi kunda dunyodagi eng boy beshta kompaniya axborot texnologiyalari sohasida faoliyat ko‘rsatadi. Avvalgi davrlarda esa neft kompaniyalari va boshqa ishlab chiqarish kompaniyalari eng boylar qatorida bo‘lgan. Axborot texnologiyalari kompaniyasining zavodi yoki neft koni yo‘q, uning asosiy boyligi — inson, yaxshi mutaxassis.

Shunday ekan, farzandlarimiz o‘z ustida ishlashi kerak. Afsuski, biz o‘zbeklar bolalarni juda ayaymiz, ularni ko‘p erkalatishga harakat qilamiz.

Misol uchun, Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamlakat ocharchilik yoqasidagi o‘lkadan eng rivojlangan davlatlar darajasigacha ko‘tarila oldi. Bu natijaga og‘ir mehnat va ta’lim tufayli erishilgan. Koreyalik bolalarni “dunyodagi eng baxtsiz bolalar” deb atashadi. Bu nima degani? Bola ertalab maktabga boradi. Maktabdan keyin qo‘shimcha darslarga, undan keyin repetitorga qatnaydi. Oxir-oqibat, mamlakat rahbariyati bolalarning tungi soat 00:00 dan keyin dars qilishini taqiqlovchi qonun qabul qilishga majbur bo‘ldi. Agar shu qonun bo‘lmasa, ota-onalar bolalarini yarim tundan keyin ham o‘qitgan bo‘lardi. Chunki, odatda, koreys oilalarida bitta farzand bo‘ladi. Ota-onalar yakka bolasi kelajak hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun ertalabdan kechgacha o‘qitadi.

Bizda, O‘zbekistonda esa “eng baxtli bolalik”. Bola tushgacha maktabga boradi — hozir bekorga davomat masalasi ko‘tarilmayapti: maktabga bormaydiganlar ham ko‘p. Darsdan keyin esa mazza qilib o‘ynab yuradi.

Yoshlarimizning boshqalardan hech qanday kam joyi yo‘q. Dasturlashni hunarga aylantirish bo‘yicha loyiha tuzganmiz. Yigit kishiga yetmish hunar oz, deydilar. Bu hunarni bolalarimiz o‘rganmoqda. Hatto yetti yoshli bola ham dasturlashni o‘rganmoqda. Men hayron qolganim shundaki, bir ota-ona yetti yashar bolasini majburlab shu kursga berdi. To‘qqiz yoki o‘n yoshli bolalar ota-onasiga o‘zi yaratgan o‘yinlarni taqdim etmoqda. Bu nafaqat bolaning qiziqishini oshirib, unga yangicha fikrlashga o‘rgatadi, balki o‘ziga bo‘lgan ishonchini ham oshiradi.

Farzandlarimizni iloji boricha yoshligidan chet tillariga, matematikaga, fizikaga, tabiiy fanlarga va dasturlashga o‘qitishimiz kerak.

Sherzod Shermatov, O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri v.b.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (20-05-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют