» » Kuba rasmiylari Tramp mamlakat xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklaganini “bema’nilik” deb atadi

Kuba rasmiylari Tramp mamlakat xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklaganini “bema’nilik” deb atadi


Kuba AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat xalqini Mustaqillik kuni bilan tabriklaganini “bema’nilik” deb hisoblaydi. Bu haqdagi rasmiy xabar Kuba televideniyesi efirida o‘qib eshittirildi, deb ma’lum qildi “TASS”.

“Qo‘shma Shtatlarning bu borada yetarli ma’lumotga ega bo‘lmagan prezidenti Donald Trampning Kuba xalqiga 20-may kuni munosabati bilan yo‘llangan bayonoti chop etildi. AQShda bu sana Kuba respublikasi tashkil topgan kun hisoblanadi. Vaholanki, shu kuni 1959-yil 1-yanvargacha hukm surgan Amerika mustamlakasiga asos solingandi. 1959-yilda Kubada Fidel Kastro boshchiligidan inqilob g‘alaba qozondi va amerikaparast Batista tuzumiga chek qo‘yildi”, — deyiladi Kuba televideniyesi xabarida.

20-may kuni Tramp Kuba xalqi va AQShdagi kubaliklarni orol Ispaniya hukmronligidan xalos bo‘lganining 115 yilligi bilan tabriklagandi.

U “Kuba xalqi demokratik qadriyatlar, iqtisodiy, diniy erkinliklar va inson huquqlarini yoqlovchi hukumatga munosib” ekanligini ta’kidladi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (21-05-2017, 18:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют