» » NANO-PLAST — zamonaviy, xavfsiz hamda hamyonbop penoplastlar

NANO-PLAST — zamonaviy, xavfsiz hamda hamyonbop penoplastlar


O‘zbekiston tomonidan Kioto protokoli imzolangach (1997-yilda imzolangan bo‘lib, 2005-yilda kuchga kirgan), respublikada turar-joy va sanoat sektorlarida engergiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish masalasi keskin ko‘tarildi. Ushbu dasturning pirovard maqsadi — sifatli issiqlik izolyatsiyasi qilingan, energiya tejovchi bino va inshootlarni yaratish.

Aynan issiqlik izolyatsiyasi energiya samaradorligi uchun qo‘yilgan birinchi qadam hisoblanadi.

Bugungi kunda qurilish sanoati iste’molchilarga bino va inshootlarni izolyatsiya qilishda hamyonbop materillarni taqdim etmoqda.

“Yashil” davrning kirib kelishi bilan issiqlik izolyatsiyasiga bo‘lgan talab sezilarli darajada ortdi — endilikda sifatni baholashda ekologik va xavfsizlik kabi xususiyatlar birinchi navbatda turmoqda. Bu kabi talablarga bir necha zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi materiallari to‘g‘ri keladi, jumladan, ular orasida vaqt sinovidan o‘tgan, qadrdon penoplast ham mavjud.

Bugungi penoplast — butunlay boshqacha, mutlaqo ekologik material. Buning isboti sifatida Yevropa va g‘arb sinovlari, tajriba va auditlar misol bo‘lib xizmat qiladi.

Zamonaviy penoplast atrof-muhit hamda inson uchun, shuningdek, ishlab chiqarishda, foydalanishda va qayta ishlashda mutlaqo xavfsiz material bo‘lib, bugungi kunda issitish montajlarida foydalanish mumkin bo‘lgan eng qulay va hamyonbop hisoblanadi. Endilikda esa eng xavsiz hamdir!

Yangi texnologiyalar o‘sishni davom etmoqda — zamonaviy penoplastning ko‘plab sinflari nafaqat qurilish sohasida foydalanish mumkin bo‘lgan ajoyib materialdir, balki oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni qadoqlash va bir martalik idishlarni tayyorlashda ham foydalanilmoqda. Ya’ni XXI asr penoplasti toksinsiz va ular orqali oziq-ovqat mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilishda ham xavfsizdir! Biroq plastmassaning boshqa turlari kabi penoplast ham issiqlikni “yaxshi ko‘rmaydi” (penoplast uchun ideal harorat -200 dan +80 daraja Selsiy).

Penoplast tayyorlashning barcha xalqaro standartlari mutaxassislar va NANO-PLAST kompaniyasi texnologiyalari tomonidan qabul qilingan bo‘lib, ishlab chiqarish korxonasi O‘zbekiston poytaxtining chekkasida joylashgan. NANO-PLAST kompaniyasining falsafasi, sex binosi, xomashyosi va mahsulotlari mutlaqo zamonaviy talab va sertifikatlarga javob beradi. Kompaniyaning ishlab chiqaruvchi uskunlari eng so‘nggi texnikalar bilan jihozlangan hamda plastmassa materiallarini ishlab chiqarishda Yevropa texnologiyalari va talablariga mos keladi.

NANO-PLAST 2015-yilning boshidan beri mahalliy penopolistirol ishab chiqaradi va ushbu soha bo‘yicha ichki bozorda yetakchi hisoblanadi. Kompaniya tomonidan 10 turdagi penoplast mahsulotlari ishlab chiqarilib, nafaqat poytaxt aholisi, balki O‘zbekistonning eng chekka hududlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, yaqin va uzoq xorijiy ma’lamatdagi iste’molchilar uchun ham ochiqdir.

NANO-PLAST kompaniyasining penoplasti yuqori ekologik, issiqbardosh, suv va ovoz o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlariga, chidamlilik, ekspluatatsiya qilishidagi hamda montajdagi qulayliklarga ega. Zamonaviy penopolistirolning ekologik xususiyati — isbotlangan fakt (sinov F.F. Erisman nomidagi FGTM, Britaniyaning BQS reytingi, Lomonosov nomidagi MDU hamda Mendeleyev nomidagi BMITI tomonidan tadqiq qilingan).

Endilikda uning tarkibida xlor va gidroxlorid mavjud emas, yonganida xavfli gazlarni ajratib chiqarmaydi. Bundan tashqari zamonaviy polistirol tarkibida maxsus qo‘shimchalar — antipiren mavjud bo‘lib, u materialning yonishiga to‘sqinlik qiladi, uning yordamida yonayotgan material 4 soniya ichida o‘chadi.

Savodi yondashuv barcha ishda va to‘g‘ri mutaxassis tanlashda muhim rol o‘ynaydi! Birinchi navbatda energiya samaradorligi yo‘lida “aqlli” hamda mavjud issiqliq izolyatisiyasi haqida o‘ylash lozim, u ko‘plab masalalarni yechishda yordam beradi va ko‘p yillar davomida to‘lov uchun tushumlarni tejashda xizmat qiladi. NANO-PLAST’da “isingan” holda Yer sayyorasi resurslarini hamda o‘z pullaringizni tejang.

Reklama huquqi asosida!

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют