» » AQSh Suriya qurolli muxolifati guruhlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qildi

AQSh Suriya qurolli muxolifati guruhlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qildi


AQSh Suriya qurolli muxolifati guruhlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda AQSh boshchiligidagi koalitsiya shtabi rasmiy vakili Rayan Dillon ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Gap shu paytgacha AQShning mintaqadagi sheriklaridan biri bo‘lgan “Shuhada al-Qurratayn” guruhi haqida ketmoqda.

“Mazkur guruh bir tomonlama, AQSh va koalitsiya ruxsatisiz o‘t ochishni to‘xtatish hududlaridan tashqarida patrullashni amalga oshirdi. IShIDga qarshi kurashga bevosita qaratilmagan harakatlarda ishtirok etdi. Shu bois koalitsiya endi ularning operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlamaydi”, — ta’kidladi Rayan Dillon.

Rasmiy vakil Pentagon AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan va undan harbiy yordam olayotgan Suriya muxolifati guruhlaridan biri bilan aloqalarni uzish yuzasidan birinchi bor qaror qabul qilayotganini tan oldi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (28-07-2017, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют