» » Rossiya AQShdan mamlakatdagi diplomatlar sonini qisqartirishni talab qildi

Rossiya AQShdan mamlakatdagi diplomatlar sonini qisqartirishni talab qildi


Rossiya AQShdan 1-sentabrgacha mamlakatda ishlovchi diplomatlar va texnik xodimlar sonini 455 kishigacha kamaytirishni talab qildi. Rossiya TIVning xabar qilishicha, shuncha rossiyalik AQSh hududidagi diplomatik muassasalarda ishlamoqda. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Bundan tashqari, 1-avgustdan boshlab Rossiya AQShning Rossiyadagi elchixonasiga Moskvadagi Dorojniy ko‘chasida joylashgan omborlardan va Serebryaniy Borda joylashgan dala hovlidan foydalanishni taqiqlaydi.

Rossiyani aynan nechta amerikalik tark etishi xabar qilinmagan. Gap o‘nlab emas, balki yuzlab kishilar haqida ketmoqda.

Rossiya TIV mazkur qarorni AQSh Kongressi tomonidan qabul qilingan Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqidagi yangi qonun bilan bog‘lagan. Vazirlik tomonidan qayd etilishicha, bu qonunning qabul qilinishi AQShning xalqaro munosabatlarda o‘ta tajovuzkor ekanligini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Xabarda aytilishicha, qonun xorijiy hamkorlarning Rossiya bilan hamkorligini cheklashga va global iqtisodiyotda AQShga adolatsiz raqobat ustunligni yaratishga qaratilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (28-07-2017, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют