» » Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Rogozin Moldovaga bormoqchi edi, ammo Ruminiyadan o‘tolmadi

Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Rogozin Moldovaga bormoqchi edi, ammo Ruminiyadan o‘tolmadi


Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Dmitriy Rogozin 28-iyul kuni S7 yo‘lovchi samolyotida Kishinyovga yo‘l olgan edi, ammo samolyot Ruminiyaga qo‘yilmadi va ortga qaytishga majbur bo‘ldi. Yoqilg‘i Moskvaga yetmagani bois layner Minskda qo‘ndi, deb xabar beradi Meduza.

Rogozin Moldovaga mamlakat prezidenti Igor Dodon taklifi bilan Dnestrbo‘yidagi tinchlikparvar operatsiya boshlanganining 25 yilligini nishonlash tadbirlarida ishtirok etish uchun ketayotgan edi. Safardan oldin Rogozinni u Kishinyov yoki Tiraspolga harbiy samolyotda uchib kela olmasligidan ogohlantirishdi. Ammo u Twitter’da hech qanday taqiqlarni tushunmasligini yozdi:

“Tushunmadim, kim menga nimani taqiqladi? Albatta uchib boraman. Moldova prezidenti va Dnestrbo‘yi Moldovan Respublikasi rahbariyati bilan uchrashamiz”.

Moldova bosh vaziri Pavel Filip ham Rogozin harbiy samolyotdan voz kechib, oddiy reysda kelsa, uning mamlakatga kirishini taqiqlamasliklarini bildirdi. Rossiyalik amaldor esa vertolyot yoki mototsiklni tanlashini aytdi.

Natijada Rogozin fuqarolik samolyotida uchib ketdi. 28-iyul kuni ertalab u Rusning xristian diniga o‘tish sanasini Kishinyovda nishonlashga va’da berdi, parvoz arafasida esa Moldova rasmiylari S7 reysini taqiqlashga uringanini xabar qildi.

Samolyot uchib chiqdi, ammo Ruminiya chegarasidan ortga qaytishga majbur bo‘ldi.

Rogozin Ruminiya rasmiylari yo‘lovchilarni xavf ostiga qo‘ydi deb hisoblamoqda.

“Javobni kuting, yaramaslar”, — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (28-07-2017, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют