» » Pokistonning iste’fo bergan bosh vaziri o‘rnini uning ukasi egallaydi

Pokistonning iste’fo bergan bosh vaziri o‘rnini uning ukasi egallaydi


Pokistonda hukmron “Pokiston musulmon ligasi” (PML) partiyasi rahbarlarinin norasmiy uchrashuvida Pokiston bosh vazirligi uchun mamlakatning Panjob viloyati katta vaziri Shahboz Sharif nomzodi tasdiqlandi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Shahboz Sharif Pokiston Oliy sudi tomonidan olib borilayotgan korrupsiya ishi doirasida kuni kecha lavozimidan chetlatilgan sobiq bosh vazir Navoz Sharifning ukasi hisoblanadi.

Navoz Sharifga nisbatan tergov 2016-yil aprelida jamoatchilik e’tiboriga havola etilgan Panama yuridik firmalaridan birining hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida qo‘zg‘atilgan edi. Sud qaroridan so‘ng, bosh vazir iste’fo bergan edi.

Dawn nashrining aniqlik kiritishicha, Pokiston bosh vaziri kursisini egallash uchun Shahboz Sharif viloyat deputatlik mandatidan voz kechib, Milliy assambleya uchun muddatidan avvalgi saylovlarda qatnashishi lozim bo‘ladi.

Agar Shahboz Sharif parlamentga saylovda g‘olib chiqa olsa, uning bosh vazirlik uchun nomzodi Milliy assambleyada ovozga qo‘yiladi. Mazkur jarayon 45 kunga yaqin vaqt olishi mumkin, bu fursat davomida partiya muvaqqat bosh vazir xizmatlariga tayanib turadi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (29-07-2017, 22:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют