» » Pokiston bosh vaziri mamlakat qurolli kuchlariga xorijda maxsus operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi

Pokiston bosh vaziri mamlakat qurolli kuchlariga xorijda maxsus operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi


Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif mamlakat qurolli kuchlariga terrorchilar va ularning sheriklariga qarshi kurash maqsadida xorijda maxsus operatsiyalar o‘tkazishga ruxsat berdi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.

“Hukumat rahbari Pokiston qurolli kuchlariga chet elda aksilterror operatsiyalarini o‘tkazish huquqini berdi”, — deya ta’kidladi mamlakat moliya, iqtisod, statistika va xususiylashtirish vaziri Ishoq Dor mahalliy senatorlar oldidagi chiqishi chog‘ida. 

Ma’lumot uchun, ayni paytda Pokiston va AQSh yangi ma’muriyati o‘rtasida diplomatik mojaro avj olgani kuzatilmoqda. Mamlakat senati raisi Rizo Rabboniy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tayotgan Parlamentlararo ittifoq yig‘ilishida qatnashmasligi, shuningdek, Islomobodga tashrif buyurayotgan AQSh Kongressi, Oq uy vakillari va amerikalik diplomatlar bilan aloqalarni to‘xtatishini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling! 

Опубликовано: admin (22-02-2017, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют