» » Fotogalereya: Ko‘pchilikka noma’lum kichkina davlatlar

Fotogalereya: Ko‘pchilikka noma’lum kichkina davlatlar


Ko‘pchilik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatning hech bo‘lmaganda bir marta nomini eshitgan. Biroq sayyorada shunday davlatlar ham borki, ularning mavjudligini ko‘pchilik xayoliga ham keltirmagan. Chunki ularning maydoni juda kichik yoki bir nechtagina uyni o‘z ichiga oladi. AdMe ana shunday davlatlar jamlanmasini taqdim etdi.

Palau davlati 300 ta oroldan tashkil topgan. Maydoni 459 kvadrat kilometrni, aholisi 21347 kishini tashkil qiladi. Davlat akvatoriyasida yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan akulalarning 130 turi yashaydi. Mamlakatning diqqatga sazovor joyi ikki millionta meduza yashaydigan ko‘l hisoblanadi.

Niue — Okeaniyada joylashgan orol va davlat. Maydoni 261.46 kvadrat kilometr, aholisi 1190 kishini tashkil qiladi. Mamlakatda birorta ham ishlab chiqarish korxonasi yo‘q. Davlat Yangi Zelandiya dotatsiyasi hisobiga yashaydi.

Davlat ikkita oroldan tashkil topgan: biri Sent-Kits, ikkinchisi Nevis deb ataladi. Maydoni — 261 kvadrat kilometr, aholisi —52329 kishi. Davlatning asosiy daromad manbalaridan biri fuqarolikni sotish hisoblanadi.

Hatt-River knyazligi — xuddi shu nomdagi Avstraliya provinsiyasida joylashgan virtual davlat. Maydoni 75 kvadrat kilometrni, aholisi 30 kishini tashkil qiladi.

Tuvalu — dunyodagi eng kichkina va eng kambag‘al davlatlardan biri. Maydoni — 26 kvadrat kilometr, aholisi — 10959 kishi. Asosiy daromad manbai internetdagi .tv domenini sotish bo‘lib, har yili davlat bundan bir necha million dollar foyda oladi.

Nauru — sayyoradagi eng kichkina nomustaqil va eng kichkina orol davlat. Maydoni — 21 kvadrat kilometr, aholisi — 9591 kishi. Mamlakatning rasmiy poytaxti va jamoat transporti yo‘q. Mamlakatda ekologik holat juda yomon bo‘lib, aholining semizligi darajasi bo‘yicha ham davlat eng yuqori darajada turadi.

Italiyada joylashgan yan bir davlat aslida virtual knyazlik bo‘lib, uning tarkibiga Fransiya chegarasi yaqinida joylashgan xuddi shu nomli qishloq kiradi. Maydoni — 4,91 kvadrat kilometr, aholisi — 312 kishi. Tan olinmagan davlatning armiyasi 3 kishidan iborat: mudofaa vaziri va ikki nafar chegarachi.

AQShning Nevada shtati hududida joylashgan va hech kim tomonidan tan olinmagan Molossiya davlatining aholisi Kevin Bo, uning oilasi, uchta it, bitta mushuk va bitta quyondan tashkil topgan. Maydoni — 0,055 kvadrat kilometr. Molossiyaning madhiyasi, gerbi va bayrog‘i mavjud. Shuningdek, og‘ir jinoyatlar uchun o‘lim jazosi ko‘zda tutilgan. 2017-yil may oyida respublika 40 yoshga to‘ldi. U o‘z pasportini beradi va fazoviy dasturga ega.

Rim hududidagi Vatikan yaqinida yana bir mitti davlat joylashgan bo‘lib, Malta ordeni deb ataladi. Maydoni — 0,012 kvadrat kilometr, aholisi — 113500 kishi. Davlat uchta binoda joylashgan bo‘lib, ulardan ikkitasi Rim hududida, bittasi Malta orolida joylashgan. Mamlakatning o‘z valyutasi, markalari, sayti, avtomobil raqamlari va pasporti bor. Mamlakat pasporti dunyoning bir necha o‘n davlatiga vizasiz kirish huquqini beradi.

Tan olinmagan Silend davlati Buyuk Britaniya qirg‘oqlaridan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan dengiz platformasi hisoblanadi. Maydoni — 0,004 kvadrat kilometr, aholisi — 27 kishi. Davlat o‘zini o‘zi saylovchi shahzoda tomonidan boshqariladi. Xohlagan kishi graf, baron yoki gersog bo‘lishi mumkin.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (30-07-2017, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют