» » Toshkent arxitektura-qurilish instituti ijodiy imtihonlari natijalari to‘polonga sabab bo‘ldi (video)

Toshkent arxitektura-qurilish instituti ijodiy imtihonlari natijalari to‘polonga sabab bo‘ldi (video)


Toshkent arxitektura-qurilish institutiga kirish imtihonlari doirasida rasm va chizmachilik yo‘nalishlari bo‘yicha ijodiy sinovlar bo‘lib o‘tgan. Biroq bu sinovlarning natijalari ko‘plab abituriyentlarning noroziligiga sabab bo‘lgan.

“Daryo”ga murojaat qilgan abituriyentlardan birining so‘zlariga ko‘ra, ijodiy ishlarga past baholar qo‘yilgan. “Ayni vaqtda, ijodiy ishlarini qoniqarli deb aytish qiyin bo‘lgan ba’zi abituriyentlarga yuqori ballar qo‘yilgan”, — deydi abituriyent.

Murojaatchining ta’kidlashicha, u ijodiy imtihonlarga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rgan, rasm va chizmachilikdan alohida mashg‘ulotlarga qatnagan. “Imtihonga topshirgan ishimni ostidan kimdir ishqilib chizib tashlagan, shu chizib tashlangan narsa bahona menga past ball qo‘yilgan”, — deydi “Daryo”ga murojaat qilgan abituriyent.

Ijodiy imtihonlar baholari yuzasidan appellyatsiya berish jarayonida 100 dan ziyod abituriyent, ularning ota-onalari, yaqinlari qatnashgan. Vaziyat keskinlashib, “to‘polonga aylanib ketgan, baholardan hamma norozi bo‘lgan”.

Barcha norozi abituriyentlar va ularning ota-onalari ijodiy imtihon qaytadan o‘tkazilishini talab qilgan, biroq institut vakillari bu talabni rad etib, apellyatsiya jarayoni yangidan bo‘lib o‘tishini e’lon qilgan. “Navbatim kelgunicha olti soat o‘tirdim, atigi bir ball qo‘shib berishdi”, — deydi murojaatchi.

Avvalroq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlaridan norozi abituriyentlarning murojaatlari e’lon qilingan edi.

Mavzuga doir:
— O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ijodiy imtihon bahosidan norozilik bildirgan fuqaroga kuch ishlatishdi (video)
— Abituriyent Xalqaro jurnalistika fakulteti ijodiy imtihonlari ustidan virtual qabulxona va prokuraturaga shikoyat qildi. U birinchi shikoyatchi emas

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (31-07-2017, 11:58)
+1 (голосов: 3)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют